Maktabgacha va maktab taʻlimi vazirining birinchi oʻrinbosari Usmon Sharifxoʻjayev Qashqadaryo viloyatidagi bir qator taʻlim muassasalari faoliyatini oʻrganmoqda.
Xususan, Qarshi shahridagi 10-, 11-maktablar, Qarshi tumanidagi 40-, 71-maktablar hamda viloyat Pedagogik mahorat markazida amalga oshirilayotgan taʻlimga oid islohotlar bilan tanishdi.
Shuningdek, hududdagi mavjud taʻlim tashkilotlarida tashkil etilgan oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish, oʻquv-tarbiyaviy ishlar holatini koʻzdan kechirdi va zaruriy tavsiyalar berdi. Xususiy taʻlim tashkilot rahbarlari bilan suhbat oʻtkazib, keyingi vazifalar belgilab olindi.