Attestatsiyada ishtirok etish uchun murojaat yuborgan pedagoglar diqqatiga!

3-oktabr 2024-yil
image

Attestatsiya jarayonlari uchun to‘lovlarni 2024-yilning 10-oktabriga qadar amalga oshirishingiz mumkin.

Xabaringiz bor, 2024-yilning ikkinchi yarmida o‘tkaziladigan pedagog kadrlar attestatsiyasi uchun murojaat yuborish muddati 1-avgustdan 1-oktabrga qadar davom etdi.

Navbatdan tashqari (o‘z ixtiyori bilan) attestatsiyada ishtirok etish uchun ariza yuborgan pedagoglar tomonidan to‘lov qilishga ulgurmay qolish holatlari bo‘lgan va bu bo‘yicha Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga murojaat qilishgan.

O‘qituvchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda ularga qulaylik yaratish maqsadida pedagoglar attestatsiyasida ishtirok etish uchun to‘lovni amalga oshirish muddati joriy yilning 10-oktabriga qadar uzaytirilganligini ma’lum qilamiz.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu