"1-oktabr - Oʻqituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi

29-sentabr 2024-yil
image

Maktabgacha va maktab taʻlimi vazirligida "1-oktabr-Oʻqituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan maktab darsliklarini tayyorlashda ishtirok etgan Ishchi guruh aʼzolari hamda soha faoliyatini yoritishda faollik koʻrsatgan bir guruh ommaviy axborot vositalari xodimlarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Vazir oʻrinbosari Farhod Boqiyev tadbirni kirish soʻzi bilan boshladi hamda ishtirokchilarni yaqinlashib kelayotgan bayram bilan samimiy qutladi. Shundan soʻng mukofotlanganlarga “Xalq taʼlimi fidoyisi”, "Xalq taʻlimi aʻlochisi" koʻkrak nishonlari hamda vazirlikning “Faxriy yorliq”lari topshirildi.

Tadbir davomida vazirlikning bir guruh masʼul xodimlari Oʻzbekiston Milliy gvardiyasi “Maʼnaviyat aʼlochisi” koʻkrak nishoni hamda “Faxriy yorliq” bilan taqdirlandi. Mukofotlarni Milliy gavardiya qoʻmondoni oʻrinbosari Sarvar Mamayusupov oʻz egalariga topshirdi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu