UNESCOning Parijdagi shtab-kvartirasida xalqaro kongress bo‘lib o‘tdi

27-sentabr 2024-yil
image

UNESCOning Parijdagi shtab-kvartirasida "Ong bo‘yicha ilm-fan hamda kichik yoshdagi bolalar tarbiyasi va ta'limi" mavzusida xalqaro kongress bo‘lib o‘tdi. 

Unda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining birinchi o‘rinbosari Usmon Sharifxodjayev ishtirok etdi. 

Tadbirning maqsadi — neyron ilm-fan yutuqlarini erta ta’lim tizimlariga integratsiya qilish hamda barcha bolalar uchun sifatli ta’limga teng huquqni ta’minlashga qaratilgan Toshkent deklaratsiyasi tamoyillarini amalga oshirishdir.

Oʻz chiqishida Usmon Sharifxodjayev innovatsiyalar va erta rivojlanishning kelajak avlodlar uchun ahamiyatini ta’kidlab, barcha davlatlarni Toshkent deklaratsiyasida belgilangan tamoyil va strategiyalarga sodiq qolishga chaqirdi.

 

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu