Shanxay shahrida "Huawei Connect 2024" xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda

21-sentabr 2024-yil
image

Tadbirda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi delegatsiyasi ham ishtirok etmoqda. 

Ushbu nufuzli tadbirga butun dunyodan axborot texnologiyalar va innovasion yechimlar sohasidagi yetakchi mutaxassislar jalb qilingan.

Konferensiya davomida turli mamlakatlarning ta’lim tizimlarida sun’iy intellektdan muvaffaqiyatli foydalanish masalalari haqida so‘z yuritilmoqda.

Tadbirda ta’kidlanganidek, sun’iy intellektni joriy etish ta’lim sifatini sezilarli darajada oshirishi, uni yanada qulayroq va har bir o‘quvchining ehtiyojlariga moslashtirishi mumkin.

O‘zbekiston delegatsiyasi uchrashuvlar davomida xorijlik hamkorlar bilan yangi texnologiyalarni mavjud ta’lim dasturlariga integratsiya qilish imkoniyatlarini muhokama qildi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu