Imo-ishora tilining eng yaxshi tarjimonlari aniqlandi

19-sentabr 2024-yil
image

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda O‘zbekiston karlar jamiyati hamkorligida  “Imo-ishora tili bo‘yicha eng yaxshi tarjimon” tanlovining Respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi. 

Tanlovni o‘tkazishdan asosiy maqsad — kasbiy mahorati yuqori, ilg‘or, ijodkor, tashabbuskor, fidoyi tarjimonlarni aniqlash, samarali natijalarga erishayotgan tarjimonlarni ish tajribalarini ommalashtirish, ularni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, jamiyatda surdotarjimonlik kasbini nufuzini yanada oshirishdan iborat.

Tanlov yakunida g‘oliblar tashkilotchilar tomonidan diplom hamda pul mukofoti ko‘rinishidagi sertifikatlar bilan taqdirlandi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu