12-17-mart kunlari oʻtkazilgan VI Xalqaro Kavkaz matematika olimpiadasida oʻzbekistonlik oʻquvchilar 4 ta kumush va bitta bronza medalni qoʻlga kiritdi. (https://t.me/uzedu/12175)
Joriy yilda Olimpiada epidemiologik vaziyatni inobatga olib ham masofaviy ham oflayn tarzda oʻtkazildi.
Xalqaro olimpiadada turli davlatlardan jami 100 dan ortiq jamoalar ishtirok etdi.
Gʻolib boʻlgan oʻquvchilar bilan tanishing:
Olimjon Olimov — kumush medal (Buxoro viloyati, Qorakoʻl xalqaro matematika maktabining 11 sinf oʻquvchisi);
Muhammadrizo Madjidov — kumush medal (Toshkent shahridagi Prezident maktabining 10 sinf oʻquvchisi);
Jaloliddin Xolmatov — kumush medal (Xalq taʼlimi vazirligi tasarrufidagi AFIDUM 9-sinf oʻquvchisi);
Diyorbek Tolibov — kumush medal (Buxoro viloyati, Gʻijduvon tumani 5 son ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabining 11-sinf oʻquvchisi);
Doniyor Ismoilov — bronza medal (Buxoro viloyati, Qorakoʻl xalqaro matematika maktabining 11 sinf oʻquvchisi);
Nodira Saʼdullayeva — fahriy yorliq (Muhammad al-Xorazmiy nomidagi AKTga ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf oʻquvchisi);
Terma jamoa rahbari Xalq taʼlimi vazirligi Fan olimpiadalari boʻyicha iqtidorli oʻquvchilar bilan ishlash departamenti bosh mutaxassisi — Sardor Bozorboyev.
.