Ta’limda rahbarlik ko‘nikmalarini rivojlantirish dasturi

16-sentabr 2024-yil
image

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda "Ta’limda rahbarlik ko‘nikmalarini rivojlantirish dasturi (ELDP)"ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. 

Unda Respublikamizning barcha hududlaridan  30 nafardan ortiq direktor hamda direktor o‘rinbosarlari ishtirok etishmoqda. 

Ochilish marosimida vazir o‘rinbosari Sardor Rajabov qatnashib, ta'limda liderlikning ahamiyati haqida so‘z yuritdi va seminar ishida omad tiladi.

Mahorat darslarida tajribali mutaxassislar tomonidan: 

- maktab rahbariyatining muloqot va yordam berish qobiliyatlarini rivojlantirish,
- tanqidiy fikrlash va muammolarga yechimlar topish,
- jamoada yangi bilimlarni egallashga bo‘lgan ishtiyoqni oshirish kabi mavzularda so‘z bormoqda. 

Trening jarayonlari 27-sentabrga qadar davom etadi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu