Amerikalik o‘qituvchi: "O‘zbekiston kundan-kunga rivojlanayotgan, yashash uchun qulay mamlakat"

12-sentabr 2024-yil
image

2023-2024-o‘quv yilidan e'tiboran maktablarga xorijiy tillarni o‘qitishni yanada takomillashtirish maqsadida "til egalari" — xorijiy mutaxassislarning jalb etilganidan xabaringiz bor. 

Bugun ushbu loyihada o‘tgan yildan beri ishtirok etayotgan, Yashnobod tumanidagi 153-maktabning ingliz tili o‘qituvchisi Nigel David Wilsonni suhbatga tortdik.

Xorijlik ustoz o‘quvchilarimizga mehri tufayli bu yil ham maktabda faoliyatini davom ettirmoqda.  

Bu yerda ishlash hamda yashash menga juda yoqqanligi tufayli O‘zbekistondagi faoliyatimni 2-yil ham davom ettirishga qaror qildim. Joriy o‘quv yilini ham muvaffaqiyatli tamomlaymiz, degan umiddaman. 

Bir yil avval Samarqandda bo‘lganman. U yerdagi o‘ziga xos madaniyat va tarixiy meros meni o‘ziga tortdi. Samarqanddagi taassurotlar, ayniqsa Registon xotiramda butun umrga muhrlanib qoldi. 

O‘tgan yili o‘quvchilar bilan juda yaxshi ishladik. Ularni IELTS xalqaro imtihonidan yaxshi natijalar ko‘rsatishlariga yordam berdim. Men darslarda gaplashish (speaking) va yozish (writing) ko'nikmalariga ko‘proq e'tibor qarataman.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu