O‘zbekiston terma jamoasi vakillari Toshkent xalqaro aeroportida kutib olindi

9-sentabr 2024-yil
image

Bugun  36-Xalqaro Informatika olimpiadasida ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi vakillari Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali tarzda kutib olindi. 

Unda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda tizimdagi ta'lim muassasalari mas'ullari ishtirok etib, o‘quvchilarni samimiy tabriklashdi. 

Eslatib o‘tamiz, mazkur olimpiada joriy yilning 1-8-sentabr kunlari Misrda bo‘lib o‘tdi. Unda terma jamoamiz bronza medalni qo‘lga kiritdi.  

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu