Vazir Hilola Umarova Toshkent shahridagi 81-maktabda tashkil etilgan "Birinchi qo‘ng‘iroq" tadbirida ishtirok etdi

4-sentabr 2024-yil
image

Xabaringiz bor, bugun yurtimizning barcha umumta’lim maskanlarida 2024-2025-o‘quv yilining birinchi dars soatlari boshlandi. 

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova poytaxtimizdagi 81-umumta’lim maktabida o'tkazilgan ushbu tadbirda ishtirok etdi hamda o‘quvchilarga o'zining samimiy tilaklarini bildirdi:

Barchangizni kuni kecha nishonlangan Mustaqilligimizning 33 yilligi hamda yangi o‘quv yili bilan samimiy tabriklayman. Shu bilan birga 81-maktabga ilk qadam qo'ygan 215 nafar 1-sinf o‘quvchilari, ularning ota-onalarini qo‘shaloq bayram bilan muborakbod etaman.

Muhtaram Prezidentimiz mustaqillik bayrami munosabati bilan xalqimizga yo‘llagan tabrigida Yangi O‘zbekistonni barpo etishda, avvalo, sifatli ta’lim tizimini yo‘lga qo‘yish zarurligini ta'kidlab o'tdi. 

Bu yuksak ishonch barchamizni birdek quvontirish barobarida yelkamizga katta mas’uliyat ham yuklaydi, albatta.

Barchangizni yangi o‘quv yilida sifatli ta’lim olish, kreativ, mustaqil fikrlagan holda, zamonaviy bilimlarni egallashga, xorijiy tillarni mukammal o‘rganishga chorlab qolaman. 

Ushbu maktab o‘quvchilari orasidan ham Uchinchi Renessansning munosib bunyodkorlari yetishib chiqishiga ishonaman!

Ma’lumot o’rnida: 2024-2025-o’quv yilida 10 mingdan ortiq maktablarga 700 mingga yaqin o’g’il-qizlar 1-sinfga qabul qilindi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu