Hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

10-avgust 2024-yil
image

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Yaponiyaning “Digital Knowledge Co.Ltd” kompaniyasi bosh ijrochi direktori Xaga Xiroaki bilan loyiha qiymati 7 mln AQSH dollar bo‘lgan Grant shartnomasini imzoladi.

Mazkur grant loyihasi doirasida tashkilotning yapon tilini o‘rgatish platformasi orqali umumta’lim maktablarining o‘quvchilariga yapon tilini o‘rganish imkoniyatlari kengaytiriladi. 

Shuningdek, uchrashuvda hamkorlik istiqbollarining keyingi qadamlari muhokama qilindi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu