Taʼlim muassasasi rahbarlari ish faoliyati samaradorligi oshirilmoqda

5-avgust 2024-yil
image

Bugun poytaxtimizdagi 22-maktabda “Maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotlari rahbarlari faoliyatini tizimli tashkil etish, muammolar va istiqboldagi rejalar” mavzusida 5 kunlik o‘quv seminar start oldi. Seminarda maktabgacha va maktab  taʼlimi tashkiloti rahbarlari, direktorning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari ishtirok etmoqda.

Mazkur seminarni o‘tkazishdan asosiy maqsad Olmazor tumanidagi maktabgacha va maktab taʼlimi muassasalarida ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yaxshilash, tarbiyaviy ishlar natijadorligini va rahbarlar ish faoliyati samaradorligini oshirishdan iborat.

Seminar mashg‘ulotlari davlat xizmatchisining kasb etikasi va majburiyati, maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlarni tashkil etishning zamonaviy usullari, boshqaruvda qaror qabul qilish va jamoada sog‘lom muhitni shakllantirish mavzularida tashkil etilishi belgilangan.

“Qo‘qon va Marg‘ilon” tajribasi sifatida tashkil etilayotgan mazkur seminarlar 12-avgustdan boshlab barcha hududlardagi taʼlim tashkilotlari rahbarlari ishtirokida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Seminar yakunida har bir taʼlim tashkiloti rahbaridan 5 kunlik o‘qish davomidagi o‘zlashtirgan bilim va ko‘nikmalari yuzasidan istiqboldagi rejalari bo‘yicha taqdimoti qabul qilinadi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu