O‘zbekiston va Ozarbayjon Respublikasining 13-Hukumatlararo komissiyasi yig‘ilishi bo'lib o‘tdi

11-iyul 2024-yil
image

Buxoro shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Ozarbayjon Respublikasi hamkorlik bo‘yicha 13-Hukumatlararo komissiyasi yig‘ilishi bo'lib o‘tdi.

Yig‘ilish davomida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Sardor Rajabov va Ozarbayjon Fan va ta’lim vaziri o‘rinbosari Gasan Gasanli bilan uchrashuv tashkil etildi. 

Unda ikki tomonlama hamkorlik, kelgusidagi rejalar va amalga oshirilayotgan ishlar, xususan STEAM markazlarini tashkil etishda aloqalar o‘rnatish kabi masalalar muhokama qilindi. 

Bundan tashqari, mehmonlar Buxoro shahridagi Prezident maktabi faoliyati, yaratilgan sharoitlar hamda o‘quvchilar yutuqlari bilan tanishdi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu