Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi tizimi xodimlari uchun davlat tili to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.
Gibrid shaklda tashkil etilgan tadbirda vazirlikning hududiy boshqarmalari Tarbiyaviy islar bo‘yicha o‘rinbosarlari, tuman (shahar) bo‘limlari rahbarlari ishtirok etishdi.
Treninglarda:
“Yangi avlod o‘quv lug‘atlari va ularning mobil ilovalarini yaratish”;
“O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan ta’lim muassasalari uchun chop etilayotgan lug‘atlar” kabi mavzularda so‘z bordi.
Tadbir so‘nggida mas’ullar tomonidan ishtirokchilarning barcha savollariga batafsil javob berildi.