Joriy yilning 25-30-iyun kunlari Turkiyaning Antalya shahrida o‘tkazilgan o‘smirlar o‘rtasida 28-Bolqon Matematika olimpiadasida Albaniya, Ozarbayjon, Bosniya va Gersogoviniya, Bolgariya, Ukraina, Kipr, Fransiya, Gruziya, Gresiya, Xoravatiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Turkmaniston, Tojikiston, Moldova, Shimoliy Makedoniya, Montenegro, Saudiya Arabistoni, Serbiya, Ruminiya, Turkiya kabi mamlakatlardan jami 135 nafar iqtidorli yoshlar ishtirok etdi
28-O‘smirlar o‘rtasidagi Bolqon matematika olimpiadasi yakuniy natijalariga ko‘ra, o‘zbekistonlik o‘quvchilar tomonidan 3ta kumush, 3 ta bronza medallari qo‘lga kiritildi.
Sovrindorlarimiz bilan tanishing:
Ergashev Sarvarbek — Andijon viloyati, Marhamat tumuni ixtisoslashtirilgan maktab, 9-sinf o‘quvchisi - Kumush medal
Anvarov Javohir — Surxondaryo viloyati Angor tumani 3-sonli umuta’lim maktabi 8-sinf o‘quvchisi - Kumush medal
Mamajonov Azizbek — Sirdaryo viloyati Sayhunobod tumani 3-sonli umumta’lim maktabi 8-sinf o‘quvchisi - Kumush medal
Abdulaziz Radjabov — Toshkent shahri, Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 8-sinf o‘quvchisi - Bronza medal
Ikrom Hasanov — Qashqadaryo viloyati Gʻuzor tumani 68-sonli umuta’lim maktabi 9-sinf o‘quvchisi -Bronza medal
Abdusalomov Umidjon — Andijon viloyati, Andijon shahar 1-son ixtisoslashgan maktab internati , 8-sinf o‘quvchisi - Bronza medal
Barcha g‘oliblarimizni, ularning ustozlari va ota-onalarini tabriklaymiz!
Ilm olishdan, izlanishdan aslo to‘xtamang.
Keyingi Xalqaro olimpiadalarda ham omad yor bo‘lsin!