Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari ayni vaqtda Farg’ona viloyatida bo’lib turibdi

13-iyun 2024-yil
image

Viloyatdagi uchrashuvlar davomida Farhod Boqiyev maktab direktorlari, ularning o‘quv ishlar hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari va maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarlari bilan uchrashdi.

Unda bugungi kunda mamlakatimizda ta’limni rivojlantirish masalasi davlat siyosati darajasida muhim ahamiyat kasb etayotganligi va bu jarayon umummilliy harakatga aylanib borayotganligi alohida ta’kidlab o‘tildi. 

Shuningdek, rahbar o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ta’lim samaradorligini oshirish, muallimlarning o‘z bilimlarini muntazam oshirib borishlari, maktablarda o‘tkazilayotgan pedagogik kengashlarning roli va vazifasi xususida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Bundan tashqari, vazir o‘rinbosari Bag‘dod tumanidagi 46-maktab, Gulnora Matqulobod “Bodomlari” ishlab chiqarish korxonasi qoshidagi maktab to‘garagi faoliyati bilan ham tanishdi.

Ushbu korxona tomonidan maktab o‘quvchilariga kasb-hunar o‘rgatish maqsadida to‘garak tashkil etilgan bo’lib, mazkur yo‘nalishda maktabninig 21 nafar yuqori sinf o‘quvchilari bodomni qayta ishlash sirlarini o‘rganmoqda.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu