A.Avloniy nomidagi ilmiy-tadqiqot instituti AQSHning Shimoliy Jorjiya universiteti professorlari bilan birgalikda maktab rahbarlarining liderlik qobiliyatlarini hamda maktablarda STEM fanlarni joriy etishda rahbarning hissasini oshirishga qaratilgan loyihani amalga oshirmoqda.
Unga koʻra 8 ta moduldan iborat 10 haftalik malaka oshirish kurslari tashkil etilmoqda. Unda respublikaning barcha hududlaridan ingliz tili bilim darajasi yuqori boʻlgan 25 nafar maktab direktorlari 2 bosqichli suhbat asosida saralandi va ishdan ajralgan holda oʻquv jarayonlarini boshladi.
Kurs fevral-iyun oylarida davom etib, uning soʻngida direktorlar maktabni boshqarishning noanʼanaviy usulini ishlab chiqishi va uni Jorjiya universiteti professor-oʻqituvchilarining amaliy yordami bilan oʻz maktablarida joriy etishi koʻzda tutilgan.
Mazkur kurslarning oʻzbek tilidagi tarjimasi A.Avloniy nomidagi ilmiy-tadqiqot institutining maxsus elektron platformasiga joylashtiriladi.
.