Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi “Taʼlim-tarbiya tizimini yana-da takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar” toʻgʻrisidagi qarori bilan Xalq taʼlimi vazirligiga umumtaʼlim maktablari uchun darsliklar va oʻquv-metodik majmualarning yangi avlodini tayyorlashi boʻyicha vazifalar belgilandi.
Respublika taʼlim markazi mazkur darslik va oʻquv metodik majmualarni xato va kamchiliklarsiz, sifatli nashrga tayyorlash maqsadida
- muharrir,
- musahhih,
- tarjimon,
- rassom,
- dizayner,
- darslik sahifalovchi mutaxassislarni hamda
rus tili yoʻnalishida tahsil olgan ijtimoiy, aniq va tabiiy hamda amaliy fan mutaxassislarini fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida ishga taklif etadi.
Nomzodlar 2021-yilning 1-mart sanasiga qadar rtalimmarkazi@gmail.com elektron pochtasi orqali quyidagilarni yuborishlari soʻraladi:
Nomzod ish tajribasi hamda qaysi jarayonda qanday mutaxassislik boʻyicha ishlamoqchi ekani haqida maʼlumot;
Rezyume;
Pasport va diplom nusxalari.
Ish tajribasi: 3-6 yil
Manzil: Toshkent shahri Olmazor tumani Ziyo 6-A uy
Telefon: +(998)93 183 50 70
Tanlov asosida saralab olingan yuqori tajriba va malakaga ega mutaxassislar munosib ish haqi va qulay sharoit bilan ta'minlanadi.
.