Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan bitiruvchi sinf o‘quvchilari ishtirokida o‘tkaziladigan yakuniy attestatsiya fanlari spetsifikatsiyalari hamda yakuniy davlat attestatsiyasi (og‘zaki va yozma) topshiriqlari ishlab chiqildi.
Unda umumtaʼlim maktablari va alohida taʼlim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining 9- va 11-sinf o‘quvchilarini tegishli fanlardan yakuniy davlat attestatsiyasidan o‘tkazish bo‘yicha zarur metodik tavsiya va materiallar o‘rin olgan.
https://uzedu.uz/uz/announces/1567