Pedagoglar uchun muhim eslatma

28-mart 2024-yil
image

Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 27-martdagi OʻRQ-826-son Qonuni bilan pedagoglarni mehnatga maʼmuriy tarzda majburlaganlik uchun maʼmuriy jazo va ushbu maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin xuddi shunday qilmishni takroran sodir etganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.

Unga koʻra, pedagoglarni majburiy mehnatga jalb etish, xususan ularni “Open Budget” loyihasi uchun ovoz berishga majburlash bazaviy hisoblash miqdorining 150 baravararigacha boʻlgan jarima bilan jazolanadi.

Shuningdek, pedagog xodimni mehnatga biron-bir shaklda maʼmuriy tarzda majburlash uchun, agar xuddi shunday qilmish uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, bazaviy hisoblash miqdorining 150 baravaridan 200 baravarigacha jarima yoki 3 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari jazosi belgilangan.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu