Yangiqo‘rg‘on tumanidagi 42-davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining 120 o‘rindan iborat zamonaviy, ko‘rkam, eng muhimi barcha qulayliklarga ega bo‘lgan yangi binosi foydalanishga topshirildi.
Mazkur inshootga 2023-yilgi Davlat investitsiya dasturi doirasida 4 milliard 800 million so‘m mablag‘ sarflandi. Natijada mazkur mahalladagi 120 nafar 3 – 7 yoshli bolani qamrab olish imkoni yaratildi. Bunga qadar ushbu bog‘cha 55 o‘rinda 100 nafarga yaqin tarbiyalanuvchilarni tarbiyalab kelayotgan edi. Endilikda, bog‘chadagi ish o‘rni kengaydi. Avvalgi bolalar soniga yana 61 nafar tarbiyalanuvchi qo‘shildi.