Vazirning birinchi o‘rinbosari Namanganda tadbirkorlar bilan uchrashdi

12-mart 2024-yil
image

Namangan viloyati, Davlatobod tumanida viloyatdagi taʼlim sifatini oshirish va bu boradagi hamkorlikni mustahkamlash maqsadida ochiq muloqot tashkil etildi.

Unda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi o‘rinbosari Usmon Sharifxodjayev, viloyatdagi o‘quv markazlari rahbarlari hamda shahar va tuman maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi boshliqlari ishtirok etdi.

Muloqot jarayonida viloyatdagi eng yuqori ko‘rsatkichlarga ega o‘quv markazlariga har bir shahar va tumandan 5 tadan maktabni biriktirish, taʼlim muassasalaridagi bo‘sh turgan sinf xonalarida barcha sharoitlarni yaratib berish, shu o‘rinda o‘quvchilarning xorijiy tillarni mukammal o‘zlashtirishi masalalari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, tadbirkorlar tomonidan berilgan savollarga batafsil  javoblar olindi.

Taʼkidlash joizki,  34 ta tadbirkorlik subyektlari tomonidan viloyatdagi 86 ta umumtaʼlim maktablarida xorijiy tillarni o‘qitish guruhlari tashkil etilishi rejalashtirilgan.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu