Umumtaʼlim maktab o‘quvchilaridan mart-aprel oylarida sport sinovlari qabul qilinadi

4-mart 2024-yil
image

Sport vazirligi hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamkorligida joriy yilning mart-aprel oylarida 10 ming 284 ta umumiy o‘rta taʼlim maktablarining 7-18 yoshdagi o‘quvchilaridan “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlari qabul qilinadi.

Hozirda tibbiy-ko‘rikdan o‘tgan o‘quvchilardan my.sport.uz platformasida "Jismoniy tayyorgarlik darajasi" sport sinovlarini topshirish uchun arizalar qabuli boshlangan.

Shoshiling, Siz ham o‘zingizning chidamlilik, kuch, egiluvchanlik, tezlik imkoniyatlaringizni sinovdan o‘tkazing, sport sinovlarini topshiring va imtiyozlarga ega bo‘ling.

“Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlarida ishtirok etish yuzasidan batafsil maʼlumotni Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilaridan olishingiz mumkin.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu