Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi o‘rinbosari Usmon Sharifxodjayev taʼlim-tarbiya jarayonlarini yaxshilash uchun biriktirilgan maktab direktorlari bilan muloqot qildi.
Davlatimiz rahbari tomonidan joriy yilning 26-yanvar kuni maktab taʼlimi sifatini yaxshilash chora-tadbirlariga oid taqdimot davomida berilgan topshiriqlarda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri va uning o‘rinbosarlarining har biriga maktablarda taʼlim-tarbiya jarayoni va maktab muhitini yaxshilash bo‘yicha maktablar biriktirildi.
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi o‘rinbosari Usmon Sharifxodjayev bu borada biriktirilgan maktablar bilan muloqot qildi.
Ushbu muloqot davomida:
➖ biriktirilgan maktablarda taʼlim sifati va muhitini yaxshilash,
➖o‘qituvchilarning sifat ko‘rsatkichlarini oshirish,
➖o‘quvchilarni kasbga o‘qitish,
➖tanlov fanlarini joriy etish hamda
➖maktablarning 2024-yilda erishiladigan taʼlim sifatini oshirish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlari muhokama qilinib, maktab direktorlaridan takliflar olindi.
Shuningdek, har bir biriktirilgan maktablardagi taʼlim-tarbiya jarayonini tahlil qilish, o‘qituvchilar bilan uchrashish va amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida joylarga chiqish grafigi belgilandi.