Bugun Respublikamizning 14 hududida 7-8-sinf o’quvchilari o’rtasida Аl-Xorazmiy nomidagi aniq va tabiiy fanlar (fizika, kimyo, biologiya) olimpiadasining hududiy bosqichi bo’lib o’tmoqda.
Ayni paytda 7-8-sinf o’quvchilari matematika fanidan respublikamiz bo’yicha maktab va tuman bosqichlarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan 1480 nafar yosh bilimdonlar o’z bilimlarini sinovdan o’tkazmoqda.
Mazkur olimpiadaning hududiy bosqichida matematika fanidan har bir sinf bo’yicha alohida 3 nafardan 1-2-3-o’rinni egallagan iqtidorli yoshlar may oyida Toshkent shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan Al-Xorazmiy nomidagi yosh matematiklar xalqaro olimpiadasida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
O’zbekistonda 2-marta tashkil qilinishi kutilayotgan ushbu xalqaro olimpiada natijalariga ko‘ra joriy yil iyul oyida Hindistonda o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan Xalqaro matematika musoboqasida (IMC-2024) ishtirok etuvchi O‘zbekiston jamoasiga nomzodlar shakllantiriladi.