Qashqadaryo viloyati XTB va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.
Tadbir davomida "Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi" tomonidan o'quvchi-yoshlar uchun AKT sohasini yetuk pedagog kadrlari sifatida rivojlanishlarini ta'minlash maqsadida xalq ta'limi tizimida ishlab chiqilgan milliy segmentdagi elektron resurslardan foydalanish bo'yicha seminar–trening o'tkazildi.
Shuningdek, Xalq ta’limi boshqarmasi tashabbusi bilan OTM o‘rtasida “Umumta’lim maktablarini yetuk malakali kadrlar bilan ta’minlash va elektron ta’lim resurslarini joriy etish” mavzusida yosh pedagog va talabalar davra suhbati bo‘lib o‘tdi.