Mamlakatimizda zamonaviy davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari soni tobora ortib bormoqda. (https://t.me/mdokanal/10329)
Yangi yil boshidan Surxondaryo viloyati Boysun tumani hamda Andijon viloyati Shahrixon tumanida har biri 150 o'rinli maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyat boshladi (https://t.me/mdokanal/10323).
Bundan tashqari, Buxoro viloyati Qorako'l tumanida 180 o'rinli, (https://t.me/bvxtb/25893) Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida 120 o'rinli (https://t.me/qashqadaryo_vxtb/61377) bog'chalar foydalanishga topshirildi.
Toshkent shahri Yunusobod tumanida esa 240 o'rinli (https://t.me/ToshkentshaharXTBB/28582?single) yangi zamonaviy davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti ish boshlash arafasida turibdi. Ayni paytda uni jihozlash ishlari poyoniga yetkazilmoqda.