Xalq taʼlimi vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov Qashqadaryo viloyati tuman(shahar) xalq taʼlimi bo‘limi mudirlari va umumtaʼlim maktab direktorlari bilan ZOOM platformasi orqali maktablarida taʼlim sifatini oshirish, davomat, o‘quvchilarda AKT savodxonligini oshirish, besh tashabbus doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, maktablardagi mavjud kamchiliklar yuzasidan suhbatlashdi.
Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 5 aprel kuni xalq taʼlimi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligining tahlili yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishda berilgan topshiriqlarni quyi tizimdagi samaradorligi muallimlar salohiyati va o‘quvchilarning OTMga kirish darajasi, maktablarda o‘qitish metodikasining eskirganligi, zamonaviy taʼlim uslublarini maktablarda joriy qilish borasida tegishli tavsiyalar berildi.