“Maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik holatlari" mavzusida treninglar tashkil etilmoqda

6-yanvar 2024-yil
image

Respublika bo'ylab qariyb 14 ming nafar psixologlar uchun "Maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik holatlari" mavzusida treninglar tashkil etilmoqda

Mazkur treninglarda maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limlarining psixolog-metodistlari hamda umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining amaliyotchi psixologlari ishtirok etmoqda.

“Bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik turlari va jinsiy zo‘ravonlik qurbonlari bo‘lgan bolalarni idenfikatsiya qilish” mavzusidagi mazkur treninglar Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi tomonidan o'tkazilmoqda.

Aytish joizki. yo‘nalish bo‘yicha jami 624 nafar trener tayyorlangan bo’lib, ular Respublika bo‘yicha barcha hududlarda qariyb 14 ming nafar psixologlar uchun seminarlar tashkil etishmoqda.

O‘quv-seminarda bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik turlari, zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan bolalarni idenfikatsiya qilish usullari hamda jinsiy zo‘ravonlik profilaktikasi haqida maʼlumotlar berilmoqda.

Soha mutaxassislari oʻz kasbiy mahoratlarini takomillashtirish orqali ishlarni manzilli va samarali rejalashtirishning shakl va usullari boʻyicha kerakli bilim, koʻnikmalarga ega boʻlmoqdalar.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu