Respublika Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining o‘rinbosari Dilshod Kenjayev O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Namangan viloyati kengashi huzuridagi "Kamalak" bolalar tashkiloti sardorlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Davlatobod tumanidagi 92-maktabda ochiq muloqot shaklida kechgan tadbirda sinf, maktab va viloyat sardorlarining taklif hamda masalalari tinglandi. O‘quvchilar o‘rtasida chet tillari, jurnalistika, notiqlik, musiqa, san’at va zamonaviy kasblarni o‘rganish borasida qilinishi kerak bo‘lgan ishlar muhokama qilindi.
Vazir o‘rinbosari muloqot davomida har bir sardorning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligini bildirdi.
Endilikda Namangan tajribasi sifatida viloyatdagi har bir maktabda "Bolalar mushoirasi" klublari ochiladi. Matbuot-media yo‘nalishi sardorlari jurnalistika va mobilografiya bo‘yicha o‘qitiladi. Muntazam tanlov va musobaqalar o‘tkazilib, iqtidorlilar rag‘batlantirib boriladi.