Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan pedagog kadrlarga malaka toifalari berishning yangi tizimini tajriba-sinovdan o‘tkazishga doir navbatdagi test jarayonlari davom etmoqda.
Bugun butun Respublika bo'ylab ushbu test jarayonlari tashkil etilgan. Unda 5000 nafarga yaqin pedagog kadrlar qatnashishmoqda.
Eslatib o'tamiz, sinov jarayonlari 2 bosqichda, mutaxassislik fani va kasbiy standartlar bo‘yicha 40 ta test savollari va pedagogik mahorati bo‘yicha 10 savol- topshiriqdan iborat.
Fotosuratlarda Toshkent viloyatidagi maktablarda faoliyat yurituvchi pedagoglar uchun test jarayonlari aks etgan. Unda 450 nafarga yaqin o'qituvchilar ishtirok etishdi.