Joriy yilning 7-13-noyabr kunlari Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar o‘rtasida BRICS+ mamlakatlarining V xalqaro munisipal Forumi doirasida sport-madaniy Kongressi bo‘lib o‘tayotgani haqida avvalroq xabar bergandik.
“Dobrodushnыye” bolalarga yordam ko‘rsatish xayriya fondi tomonidan tashkil etilgan mazkur kongress doirasida 11-12 yoshli futbol jamoalar qatorida A.P.Xlebushkina nomidagi 22-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari ham yurtimiz sharafini munosib himoya qilib g‘alaba qozondilar.
Yosh futbolchilar musobaqaning final baxsida Moriupal jamoasini penaltilar seriyasida 5:4 hisobida mag‘lub etib, mazkur musobaqaning mutloq g‘olibiga aylanishdi.
Gʻalaba muborak bolalar!!!