ISHCHI GURUHLAR TOSHKENT SHAHRI MAKTABLARI FAOLIYATINI O‘RGANISHNI BOSHLADI

11-aprel 2022-yil
image

 

 

Davlatimiz rahbarining shu yili 5 aprel kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlariga muvofiq, Xalq taʼlimi vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi ishchi guruhi Yunusobod tumanidagi maktablar faoliyatini o‘rganishni boshladi.

Xususan, taʼlim darajasi yuqori bo‘lmagan, pedagoglarning kasbiy mahorati yetarli bo‘lmagan tumandagi 58- va 117-sonli maktablarda bo‘lib, mavjud muammolar o‘rganildi. Dars jarayonlarida qatnashib, o‘quvchilarning turli fanlardan bilimi va o‘zlashtirish holati savol-javoblar orqali tahlil qilindi, fan o‘qituvchilariga bolalarga chuqurroq bilim berish zarurligi, o‘z fani bo‘yicha kasbiy mahoratini oshirish zarurligi taʼkidlandi. Maktabda maʼnaviy muhitni yana-da sog‘lomlashtirish, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida alohida ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, bu yil mukammal taʼmirlangan 53-sonli maktabda bo‘lib, ota-onalar bilan suhbatlashildi. Maktab rahbariga zamonaviy sharoitlarga ega bo‘lgan maktabda asosiy eʼtiborni o‘qituvchilar yangi metodikalar asosida o‘qishlari, xorijiy ilg‘or tajribalarni o‘rganishlari, biriktirilgan oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda pedagoglarning kasbiy mahoratlarini oshirishlari yuzasidan ko‘rsatma berildi.

photo2022-04-1016-14-09.jpg

Tumandagi 87-sonli imkoniyati cheklangan bolalar uchun mo‘ljallangan maktabda bo‘lib, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishildi, bunday bolalarga har qachongidan ko‘proq eʼtibor va mehr qaratish, ularni bilim olish bilan birga kasb-hunarga o‘rgatish zarurligi taʼkidlandi.

Navbatlilik koeffitsiyenti yuqori bo‘lgan 260 va 86-sonli maktabda bo‘lib, o‘quvchilar va pedagoglar bilan suhbatlashildi, ularga Davlatimiz rahbari boshchligida o‘tkazilgan selektordan kelib chiqib, mamlakatimiz kelajagi uchun maktab va pedagoglar masʼul ekanligi, direktorlarga talablardan kuchaytirilishi haqida ko‘rsatmalar berildi va ularning taʼlim sifati va o‘qitish metodikasini yaxshilash yuzasidan takliflari tinglandi.

260-sonli maktabda 960 o‘rinli qo‘shimcha o‘quv binosi qurish choralari ko‘riladigan bo‘ldi.

photo2022-04-1016-14-09-2.jpg

Yunusobod tumani maktablarini o‘rganish yakunlari bo‘yicha har bir maktab kesimida taʼlim mazmunini yaxshilash yangi metodikalar asosida o‘qitish va o‘quvchilarga sharoitlarni yaxshilashga qaratilgan yo‘l xaritasi ishlab chiqiladi.

 
info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu