2023-2024-o‘quv yilida Respublika miqyosida 500 ta umumta’lim maktabida o‘quvchilar bilimini formativ va summativ baholash tizimi tajriba-sinov tariqasida joriy etilganidan xabaringiz bor.
Bugun mazkur tajriba-sinov maktablarining 5-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida 2023-2024-o‘quv yilining I chorak yakuni bo‘yicha choraklik summativ baholash (CHSB) jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda.
Unda o‘quvchilar ona tili, matematika, biologiya fanlaridan CHSB sinovlarini topshirishmoqda.
Sinov materiallari o‘zbek, qoraqalpoq va rus tillarida chop etilgan