Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan fransuz tilini o‘rganayotgan o‘quvchilar uchun ajoyib tuhfa hozirlandi.
Maktablarni xalqaro standartlarga javob beradigan, yuqori sifatli darsliklar bilan ta’minlash maqsadida Fransiyaning “Hachette Livre Group” kompaniyasiga tegishli “Passe-Passe”, “Décibel” and “L’atelier” darslik majmualari mahalliylashtirildi va ta’lim muassasalariga yetkazib berildi.
1-sinfdan 11-sinfgacha bo‘lgan o‘quvchilarni to‘liq qamrab oladigan ushbu majmualar faqatgina darsliklar bilan cheklanib qolmagan.
Darslik majmuasida mashq daftarlari, o‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanmalar, elektron resurslar, video va audio materiallar ham mavjud.
Bundan tashqari, shartnoma doirasida mahalliy fransuz tili o‘qituvchilari uchun onlayn va offlayn treninglar o‘tkazish ham ko‘zda tutilgan.