Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan o‘qituvchilarning mavqeini oshirish borasidagi jarayonlarni o‘zida aks ettirgan “O‘qituvchilar – kelajagimiz bunyodkorlaridir!” mavzusidagi eng yaxshi videoroliklar tanlovi e’lon qilingan edi.
Onlayn tarzda tashkil etilgan tanlov shartlariga ko‘ra, respublikaning barcha hududlaridan tanlab olingan 3 tadan, jami 42 ta eng yaxshi videorolik vazirlikning Facebook ijtimoiy tarmoq sahifasiga joylandi va g‘oliblar eng ko‘p ovoz yig‘ish yo‘li bilan aniqlandi.
Tanlov g‘oliblari bilan quyida tanishishingiz mumkin.
G‘oliblar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining maxsus Diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.