Buyuk shoir va mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiyning bebaho ijodiy-ilmiy merosi nafaqat xalqimiz, balki jahon adabiyoti tarixida, milliy madaniyatimiz va adabiy-estetik tafakkurimiz rivojida alohida oʻrin tutadi.
Ulugʻ shoir oʻzining sheʼriy va nasriy asarlarida yuksak umuminsoniy gʻoyalarni, ona tilimizning beqiyos soʻz boyligi va cheksiz ifoda imkoniyatlarini butun jozibasi va latofati bilan namoyon etib, yer yuzidagi millionlab kitobxonlar qalbidan munosib va mustahkam oʻrin egalladi.
Joriy yilning 9-fevral kuni Toshkent shaharidagi umumtaʼlim muassasalari oʻquvchilari oʻrtasida bahru-bayt shousi oʻtkazildi. Ushbu tadbirda umumtaʼlim maktablaridan 120 nafardan ortiq oʻquvchilar ishtirok etishdi.
Bahru-bayt shousida oʻquvchilar tomonidan 1500 ortiq gʻazallar aytildi.
Ushbu tadbirda “Barkamol avlod” bolalar maktablarining raqs koʻrinishlari va ijodiy ishlari tashkil etildi.
Bu kabi tadbirlar oʻquvchilarda ajdodlar merosini keng oʻrganish va targʻib qilish orqali kitobxonlikni yoʻlga qoʻyishga xizmat qiladi.
Tadbir gʻoliblari:
I-oʻrin Olmazor tumani 243-maktab oʻquvchisi Obidjonova Sevinch (noutbuk sovgʻa qilindi)
II-oʻrin Yakkasaroy tumani 172-sonli umumtaʼlim maktabi oʻquvchisi Solixova Eʼzoza (Planshet sovgʻa qilindi)
III-oʻrin Shayxontohur tumani 13-sonli umumtaʼlim maktabi oʻquvchisi Abduvaliyeva Gulnora (audio kitoblar toʻplami sovgʻa qilindi) «Bahru-bayt» shousida barcha faol ishtirok etganlarga sertifikat va esdalik sovgʻalari tarqatildi.