Chempionlar taqdirlanishdi
Avval xabar berilganidek, Polshada Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan futbol bo‘yicha 8-Jahon chempionatida 22-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan edi.
Bugun “Paxtakor” stadionida chempionlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston Futbol Federatsiyasining birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Dilshod Kenjayev ishtirok etishdi.
Yosh sportchilarga vazirlik va federatsiyaning esdalik sovg‘alari topshirildi.