Maktab kutubxonachilari uchun treninglar tashkil etilmoqda
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan joriy yilning 7-19-avgust kunlari tizimdagi 10 mingdan ortiq umumta’lim maktablari kutubxonachilari uchun ikki bosqichli o‘quv-seminarlar tashkil etiladi.
Seminarlarning birinchi bosqichi joriy yilning 7-10-avgust kunlari tashkil etilib, unda har bir hudud markazida 50 nafar kutubxonachilar uchun kutubxona ishi, hujjatlar va badiiy adabiyotlarni saralash, bolalarga eng qiziqarli asarlarni yetkazish bo‘yicha mahorat mashg‘ulotlari o‘tkaziladi.
Seminarning ikkinchi bosqichi hududiy o‘quv-seminarlarda qatnashgan ishtirokchilar tomonidan joriy yilning 14-19-avgust kunlari tuman (shahar)larda umumta’lim maktab kutubxonachilarini kaskad usulida o‘quvlar tashkil etiladi.
Bugun hududiy o‘quv-seminarlar Andijon viloyati va Toshkent shahrida bo‘lib o‘tdi.