YOSHLAR MUAMMOLARI HAL ETILMOQDA

6-iyul 2023-yil
image

YOSHLAR MUAMMOLARI HAL ETILMOQDA

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Yoshlar Press-klubida Sergeli tumanida yashovchi to‘qqiz nafar yoshlar  bilan uchrashdi. 

Vazir yoshlarning qiziqishlari, kelajakda egallamoqchi bo‘lgan sohalari haqida suhbatlashdi. 

Suhbat yakunida ularga kasb faoliyatlarini yo‘lga qo‘yiashlari uchun penablok va sovun ishlab chiqaruvchi, grill tayyorlovchi uskunalar, videomontaj uchun zamonaviy kompyuter, yuk tashish uchun mototransport, plastik romlar o‘rnatish, mebel ta’mirlash hamda sartaroshlik bilan shug‘ullanish uchun asbob-uskunalar to‘plamlari taqdim etildi.

Ochiq muloqot davomida muammosi ijobiy hal qilingan ota-ona va yoshlar ko‘rsatilgan yordamning hayotlarida qanchalik muhim ahamiyat kasb etganini aytib, o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi. 

Shuningdek, yoshlar bilan tizimli ishlashda alohida o‘rnak ko‘rsatgan 5 nafar yoshlar yetakchilari vazir tomonidan tashakkurnoma va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.  

Ma’lumot uchun, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziriga 40 nafar yoshlar biriktirilgan bo‘lib, bugungi kunga qadar ularning 37 nafari bilan yuzma-yuz uchrashuv tashkil etilgan.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu