XALQARO SERTIFIKATGA EGA NAVOIY SHAHAR 4-MAKTAB INFORMATIKA OʻQITUVCHISI “JAVA DASTURLASH TILI»NI MAKTAB OʻQUVCHILARIGA OʻQITMOQDA

15-yanvar 2021-yil
image

Xalq taʼlimi vazirligi AQSHning Oracle kompaniyasi bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyganligini va kelishuv asosida dastlab respublikamizdagi 30 ta maktab Oracle Academy tizimiga ulanganligi haqida xabar bergan edik.

Joriy yilning oktyabr-noyabr oylari davomida 60 nafar informatika oʻqituvchisi xorijiy trenerlar tomonidan “Java dasturlash tili» yoʻnalishi boʻyicha onlayn kursda malaka oshirdi va ularning aksariyat qismi trenerlik faoliyatiga ruxsat beruvchi tegishli sertifikatlarni qoʻlga kiritishdi.

photo2021-01-1513-29-57-3.jpg

Bunday sertifikat sohibi Navoiy shahar 4-maktab informatika fani oʻqituvchisi Yuriy Rustamov va boshqa oʻqituvchilar tomonidan 2020-2021 oʻquv yili 3-choragidan boshlab variativ oʻquv rejasining 3-yoʻnalishi «Frilansing» boʻyicha yuqori sinf oʻquvchilariga zamonaviy dasturlash tili asoslarini oʻrgatish boshlandi.

Eʼtiborli jihati – mazkur kurs xalqaro talablarga toʻliq javob beradigan va maʼqullangan oʻquv dasturlari hamda materiallari asosida oʻtkazilib, ularni muvaffaqiyatli yakunlagan maktab bitiruvchilari dasturlash boʻyicha IT sohasidagi kasblarga yoʻnaltirilib, mutaxassislik boʻyicha dastlabki sertifikatlarga ega boʻlishadi. Bu esa, oʻquvchi-yoshlar tomonidan maktabning oʻzidayoq murakkab boʻlmagan kasblarning asoslarini egallashiga zamin yaratadi.

photo2021-01-1513-30-04-2.jpg

Shuningdek, “Java dasturlash tili» kursini muvaffaqiyatli tamomlagan oʻqituvchilar Oracle Academy tizimidagi navbatdagi “SQL maʼlumotlar bazasi»kurslariga yozilib, fevral oyidan oʻz ustida ishlash, malakasini oshirishga qaratilgan treninglarda qatnashishlari rejalashtirilmoqda.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu