Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan 1-iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan “Yangi O‘zbekistonning baxtiyor bolalari” shiori ostida festival tashkil etildi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Zulayho Mahkamova, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Dilshod Kenjayev va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
Festival doirasida Respublika bolalar kutubxonasi va viloyat bolalar kutubxonalari tomonidan kitobxon o‘quvchilar o‘rtasida viktorina, kitoblar taqdimoti, Mehribonlik uylari va oilaviy bolalar uylari uchun kitob aksiyalari tashkil etildi.
Festival kuy-qo‘shiqlarga boy holda o‘tdi.