TAʼLIM SIFATI PAST MAKTABLAR JAMOASI NATIJAGA ISHLASH UCHUN BOR IMKONIYATINI SAFARBAR ETISHLARI ZARUR, AKS HOLDA BU ISHNI BOSHQA JAMOA AMALGA OSHIRADI!

6-yanvar 2021-yil
image

Prezidentimiz Murojaatnomada taʼlim sifatini barcha maktablarda koʻtarish boʻyicha juda katta vazifani belgilab berdilar. Buning uchun taʼlim sifati past maktabga boshqa tumandan borgan malakali oʻqituvchi uchun 50% ustama, boshqa viloyatdan kelganiga esa 100% ustama berish koʻzda tutilayapti.

 

Xabaringiz bor, bitiruvchisining birontasi ham oliy taʼlim muassasasi (OTM)ga kirmagan maktablarda uzoq vaqt ishlagan rahbarlarni lavozimdan olish boʻyicha choralar boshlangani sabab, ushbu maktablar jamoasi harakatga tushib, bir yil ichida bunday maktablar soni 3 barobar kamaydi! 

 

Buyogʻiga oʻquvchilar bitirishiga atigi yarim yil qoldi. Shuning uchun ushbu grafikda koʻrsatilgan toʻq qizil rangdagi (0%) va qizil rangdagi (10 foizgacha koʻrsatgichga ega) maktablar uchun bu yil juda katta sinov yili boʻladi. Shuning uchun, ushbu maktablar jamoasi birlashib natijaga harakat qilishi zarur! Avvalgidek, biz ketsak, oʻrnimizga oʻqituvchi topilmaydi deyish xomxayoldan boshqa narsa emas. 

 

Vazirlik, viloyat va tuman boʻlinmalari xodimlari ham bundan buyon FAQAT qizil (10 foizgacha koʻrsatkichli) maktablarga borib, ulardagi ahvolni yaxshilash boʻyicha ishlaydi. Yashil kategoriyadagi maktablarga umuman bormasa ham boʻladi, ularga xalaqit qilinmasa boʻldi asosiysi. Ularda yaxshi yosh kadrlar boʻlsa, qizil kategoriyadagi maktablarning rahbar lavozimlariga tavsiya etish kerak xolos. Shundagina ushbu yashil maktablardagi ijobiy muhit qizil maktablarga ham tezroq tarqaladi.

photo2021-01-0601-51-35.jpg

 

Albatta, bu masala ertaga anchagina shov-shuv, xaypga aylanishi ham mumkin, chunki hech kim ishdan shundoq ketishni xohlamaydi. Lekin, maktabda oʻquvchilarga taʼlim-tarbiya beradigan oʻqituvchilar ishlashi kerak, ularni faqat hurmatini oshirib, qoʻshimcha sharoit yaratishga harakat qilib boramiz. Aksincha, oʻzini ustida ishlamaydigan, adashib maktabga kelib qolgan, avvalgi majburiy mehnat tizimida qandaydir saqlanib yurgan insonlarga internetda xayp koʻtarishga harakat qilgandan koʻra, sekin maktabdan boshqa joydan ish topishni maslahat beramiz. Bundan buyogʻiga maktablar faqat natijaga harakat qiladi, oʻqituvchilar ham oʻz ustida ishlashlari zarur. Viloyatlarda bir stavkada bir nechta oʻqituvchi ishlayotgan maktablar ham anchagina, oʻqituvchilarning umumiy soni stavkalarning sonidan 80 mingdan ortiq!

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu