Xalqaro Informatika olimpiadasida ishtirok etuvchi O‘zbekiston terma jamoasi saralandi
Xalqaro Informatika olimpiadasi (IOI-2023)da O‘zbekiston terma jamoasida ishtirok etuvchi o‘quvchilar aniqlandi.
35-Xalqaro Olimpiada (IOI 2023) 28 avgustdan 4 sentyabrga qadar Vengriyaning Seged shahrida bo‘lib o‘tishi belgilangan.
Unda:
1) Dilyorbek Valijonov — Andijon shahridagi Prezident maktabi 11-sinf o‘quvchisi;
2) Dilshodbek Xo‘jayev — Toshkent shahar, Olmazor tumanidagi Ixtisoslashtirilgan maktab 11-sinf o‘quvchisi;
3) Asilbek Sunnatov — Toshkent shahridagi Al-Xorazmiy nomidagi Ixtisoslashtirilgan maktab, 9-sinf o‘quvchisi;
4) Otabek Jurabekov — Toshkent shahar, Mirobod tumani, "Profi School" maktabi, 11-sinf o‘quvchisi ishtirok etadi.
Xalqaro Informatika olimpiadasi (IOI-2023) haqida batafsil ma’lumot olish uchun ushbu havola ustiga bosing: https://ioi2023.hu/
Eslatib o‘tamiz, ilk bor Xalqaro informatika olimpiadasida qatnashadigan terma jamoa a’zolarini tayyorlash jarayoniga xalqaro trener informatika olimpiadasi oltin medali sohibi, Polsha yoshlar informatika olimpiadasi bosh koordinatori Bartosz Kostka yurtimizga taklif qilingan edi.