O‘zbekistonlik o‘quvchilar Qozog‘istonning Ostona shahrida bo‘lib o‘tayotgan 57-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasida ishtirok etishmoqda
Bugun olimpiadaning birinchi - nazariy bosqichi bo‘lib o‘tib, unda ishtirokchilarga 8 ta masala taqdim etildi.
Shuningdek, shu kuni ishtirokchilar hamda jamoa rahbarlari Ostona shahridagi Ekspomarkazga sayohat qilishdi.
Ertaga, 3-may kuni o‘quvchilar olimpiadaning ikkinchi nazariy bosqichida ishtirok etishadi. Unda o‘quvchilarga kimyo fanining 5 ta bo‘limiga oid 15 ta masala taqdim etiladi.
Ma’lumot uchun, 57-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasida dunyoning 21 davlatidan saralangan 113 nafar iqtidorli o‘quvchilar qatnashishmoqda. Olimpiada 3 ta bosqichdan iborat bo‘lib, unda maksimal ball 230 ballni tashkil etadi.
Olimpiadada ishtirok etayotgan barcha o‘quvchilarimizga omad va zafarlar tilab qolamiz!