Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi vakillari Qozog‘istonning Almati shahrida bo‘lib o‘tayotgan "Ona tiliga asoslangan ko‘p tilli ta’lim ijtimoiy integrasiya va sifatni ta’minlash yo‘li" mavzusidagi xalqaro anjumanda ishtirok etishmoqda.
Unda ona tiliga asoslangan ko‘p tilli ta’lim masalalari, shu jumladan, rivojlangan mamlakatlar tajribasi hamda yangi loyiha va tashabbuslar muhokama qilinmoqda.
Shuningdek, konferensiya doirasida Qozog‘istondagi ko‘p tillar o‘qitiladigan maktablar o‘rganilishi ham rejalashtirilgan.
Mazkur konferensiya Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT) tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, unda, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston, Mo‘g‘iliston, Moldova, va Gruziya mamlakatlaridan vakillar ishtirok etishmoqda.
Konferensiya 6-mayga qadar davom etadi.