64-Xalqaro matematika olimpiadasi (IMO)da qatnashuvchi O‘zbekiston terma jamoasi a’zolarining o‘quv tayyorlov jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda.
Toshkent shahridagi Prezident maktabida tashkil etilgan mazkur o‘quv jarayonlariga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan xorijiy mutaxassis Grigoriy Chelnokov taklif qilingan.
Grigoriy Chelnokov matematika fanlari nomzodi, Moskva Iqtisodiyot Oliy maktabi Matematika fakulteti o‘qituvchisi bo‘lib, 2000-yildan buyon turli mamlakatlarning terma jamoa a’zolarini xalqaro matematika olimpiadasi (IMO)ga tayyorlab keladi.
64-Xalqaro matematika olimpiadasi (IMO) joriy yilning 2-13-iyul kunlari Yaponiyaning Chibo shahrida bo‘lib o‘tadi. Mazkur olimpiada musobaqalarida o‘zbekistonlik yoshlardan iborat terma jamoamiz vakillari ham ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Ayni vaqtda 6 nafar o‘quvchi-yoshlar:
Anvarbek Raxmatov — Buxoro viloyati, Qorako‘l tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi;
Ozodbek Axtamov — Toshkent shahridagi Al-Xorazmiy maktabining 9-sinf o‘quvchisi;
Anvarbek Sadulloyev — Buxoro viloyati, Peshku tumanidagi 18-maktabning 11-sinf o‘quvchisi;
Suxrob Xalilov — Navoiy viloyati, Navoiy shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi;
Behzod Maqsudov — Xorazm viloyati, Urganch shahridagi 6-son ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi;
Rasulbek G‘afforovlar — Toshkent shahar, Yakkasaroy tumanidagi 144-maktab 8-sinf o‘quvchisi.