Mazkur dastur asosida fan o‘qituvchilari 2021 yilning 4-9 yanvar kunlari davomida o‘zi faoliyat ko‘rsatayotgan maktablarda o‘zining kasbiy mahoratini oshirish uchun quyidagi ishlar bilan shug‘ullanishlari tavsiya etiladi:
✅ ish tajribasi ommalashgan, izlanuvchan, tashabbuskor va ijodkor o‘qituvchilarning zamonaviy dars o‘tish usullari bilan tanishadi, iqtidorli va o‘zlashtirishi qiyin bo‘lgan o‘quvchilar bilan ishlash usullarini ustoz-shogird an’analariga muvofiq tajribali ustozlardan o‘rganadi;
✅ malaka oshirish kursida o‘rgangan yangiliklarini o‘quv jarayonida qo‘llash, murakkab mavzularni osonroq tushuntirish yo‘llari, fanga oid turli xil didaktik qurollarni ishlab chiqishni boshqa fan o‘qituvchilar bilan muhokama qiladi;
✅ chet tili (ingliz tili)ni o‘rganish bo‘yicha xorijlik mutaxassislar tomonidan tayyorlangan elementar bosqich (basic English) bo‘yicha darslarni tomosha qilib, chet tillar bo‘yicha savodxonligini oshiradi;
✅ o‘z fani yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv rejalar, dasturlar, darsliklardagi o‘zgarishlarni o‘rganib chiqadi, tizimga doir me’yoriy, metodik hujjatlar va ulardagi imtiyozlar bilan tanishadi;
✅ «Kundalik» elektron jurnal va elektron kundalik tizimi bilan tanishish maqsadida «Kundalik» jamoasi tomonidan tayyorlangan roliklarni, xalqaro tadqiqotlar (PISA, PIRLS, TIMSS) bo‘yicha darslar, «Ta’lim texnologiyasi», «Tarbiya» fani bo‘yicha videodarslarni tomosha qiladi;
✅ ta’limga oid onlayn-resurslarda yangilik va videodarslar bilan tanishadi, o‘z fani bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar to‘playdi, zamonaviy pedagogik texnologiyalar, o‘qitish metodlarini izlab topadi.
✅ 2020-2021 o‘quv yilining 3-choragi davomida taqvim-mavzu rejalari asosida o‘tadigan darslariga tayyorgarlik ko‘radi, mavzularga oid qo‘shimcha materiallar to‘playdi, taqdimotlar tayyorlaydi.
Ma’lumot uchun:
O‘qituvchilarning kasbiy mahoratlarini rivojlantirishga qaratilgan videodarslar 4-9 yanvar kunlari soat 14:00dan boshlab «Onlayn maktab» ruknidagi televizion darslar berib boriladigan telekanallarda o‘zbek va rus tillarida efirga uzatiladi. Efirga berish jadvali Xalq ta’limi vazirligi tomonidan har kuni «onlayn maktab» telegram kanalida berib boriladi.