Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri Sh.Shermatov maʼruzasi Matbuot anjumani (Taraqqiyot strategiyasi markazi)
Xalq taʼlimi tizimini rivojlantirishga qaratilgan farmon, qaror hamda boshqa normativ hujjatlar va ularni amalga oshirishda soha xodimlarining vazifalari
Assalomu alaykum!
Bugungi maʼruzamizning mavzusi Xalq taʼlimi tizimini rivojlantirishga qaratilgan farmon, qaror hamda boshqa normativ hujjatlar va ularni amalga oshirishda soha xodimlarining vazifalari deb nomlanadi.
2018 yilning iyunidan dekabr oyiga qadar davlatimiz rahbari boshchiligida mamlakatimizda xalq taʼlimini isloh etish va taʼlim sifatini oshirishga bagʻishlangan ikki yigʻilish oʻtkazildi. Shu davr davomida sohani rivojlantirish va takomillashtirishga qaratilgan qator qaror va farmonlar qabul qilindi.
Mazkur hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining sohani rivojlantirishga qaratilgan ustuvor vazifalarini belgilab berdi.
Jumladan, Xalq taʼlimi vazirligi oldiga taʼlim sifatini, xususan oʻqituvchi maqomini oshirish, taʼlim muassasalarini zamonaviy kadrlar bilan taʼminlash, vazirlikning mavqeyini yanada kuchaytirish, xodimlar uchun sharoitlarni yaxshilash, sohaga AKT hamda xalqaro tajribani joriy etish, shuningdek davlat-xususiy sherikchilikni rivojlantirish kabi vazifalar qoʻyildi.
Shu bilan birga Prezidentimiz mahalliy hokimiyatlarning vazifalarini belgilab berdi. Jumladan, xalq taʼlimi muassasalarining qurilishi, taʼmirlash, yangi oʻquv yiliga, kuz-qish mavsumiga tayerlash, maktablarning xavfsizligini taʼminlan, investitsiya va homiylik mablagʻlarini jalb etish kabi vazifalar yuklatildi.
Alohida taʼkidlash joizki, amalga oshirishi rejalashtirilgan islohotlarning asosiy maqsadi jamiyatimizda oʻqituvchi kasbi mavqeyini oshirishdir. Shu boisdan ham dastlab oʻqituvchilarni huquqiy himoya etish va ularning ishlash sharoitlarini yaxshilashga katta ahamiyat berildi.
Eng avval, oʻqituvchilarni majburiy mehnat va majburiy obuna hamda turli yigʻilishlarga jalb etish toʻxtatildi. Pedagoglar yuritadigan hujjatlar soni 7 tadan 3 taga qisqartirildi. Shu bilan birga maktablarning tekshirish soni 26 baravar kamaydi. (Xalq taʼlimi fidoyisi( davlat mukofoti taʼsis etildi.
Bundan tashqari, oʻqituvchilarning oylik maoshlari toifasiga qarab 40% dan 72% oshdi. Psixologlar ish haqi 103%, maktab direktori va oʻrinbosarlari, Axborot-resurs markazi rahbari va kutubxonachilar maoshlari 33% koʻtarildi.
Xalq tizimi sohasi xodimlari uchun imtiyozli ipoteka kreditlar, isteʼmol kreditlari, jumladan avtokreditlar ajratildi. Qolaversa, ularning oila aʼzolariga tadbirkorlik faoliyatini yuritishlari uchun kredit mablagʻlar ajratish mexanizmlari ishlab chiqilmoqda.
Pedagoglarga yaratilayotgan sharoitlar natijasida 2018 yilda 13 ming nafar erkak oʻqituvchilar maktablarga qaytdilar. Birgina, 2018 yilda 11,5 mingdan ortiq (2016 yilda 1900dan ortiq, 2017 yilda 9500 dan ortiq) oliy oʻquv yurtini tamomlagan yosh mutaxassislar maktablarga ishga qabul qilindi. 2019 yil 1 yanvardan nafaqa yoshidagi oʻqituvchilarning nafaqasi toʻliq toʻlanishi munosabati bilan 7 mingdan ortiq tajribali pedagoglar maktablarga qaytib ishga olindi.
1 oktyabr - Oʻqituvchi va murabbiylar kuni arafasida yoshlar orasida oʻtkazilgan UReport.uz loyihasi soʻrovnomasi natijalari shuni koʻrsatdiki, islohotlar natijasida 71% yoshlar oʻqituvchi kasbini tanlashga tayyor.
Quvonarlisi, bugun Xalq taʼlimi tizimini rivojlantirish umumxalq harakatiga aylanmoqda. Sohaga ajratilayotgan mablagʻlar oshirib borilmoqda. 2016 yilda xalq taʼlimi tizimiga 9 trln. soʻm, 2017 yilda esa 9,6 trln. soʻm, joriy yilda esa 12,1 trln. soʻm mablagʻ davlat byudjetidan ajratilgan. Kelasi yilda davlat byudjetidan 17,1 trln. soʻm mablagʻ ajratish koʻzda tutilgan. Soʻnggi yillarda sohaga ajratilgan mablagʻlarning shiddat bilan oʻsishi kuzatilmagan. Eʼtiborlisi, bu mablagʻlarning 90%i soha xodimlarining oylik maoshlariga yoʻnaltiriladi.
Shuningdek, Xalq taʼlimi tizimini qoʻllab-quvvatlash xalq harakatiga aylanmoqda. 2018 yil davomida mahalliy byudjetlardan ham maktab infratuzilmasini takomillashtirish va ularni moddiy-texnik bazasini yaxshilashga mablagʻlar yoʻnaltirildi. Jumladan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi raisi Musa Yerniyazov mahalliy byudjetdan maktablarni moliyalash uchun eng koʻp qoʻshimcha mablagʻ ajratgani uchun (Taʼlim homiysi( koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi. Boshqa mahalliy hokimiyatlarning ham xalq taʼlimi tizimiga ajratayotgan mablagʻlar miqdori oshdi.
Sohadagi muhim yangiliklardan biri Xalq taʼlimi vazirining huquqiy-nazorat xizmati tuzilib, oʻz faoliyatini boshladi. Xalq taʼlimi sohasida xodimlarni himoya qilish va korrupsiyani oldini olish uchun bir necha yoʻnalishda ish olib borildi. Taʼlim muassasalarida jamoatchilik nazorati kuchaytirilib, Ustoz Ovozi virtual inspektor ishga tushirildi. Kuzatuv kengashlari joriy etildi. Maktab rahbariga daromadlarning jami summasidan 10 foizini oʻz xohishiga binoan moddiy ragʻbatlantirish huquqi berildi. Jumladan, oʻqituvchilarning maoshi oshirildi. Endilikda taʼlim muassasalarining koʻchmas mulkini ijaraga berishdan tushgan va byudjetdan tashqari topilgan mablagʻlarning 99 foizi umumtaʼlim maktablariga beriladi. 2019 yildan boshlab Toshkent shahridagi 81 ta maktabda qabul onlayn tarzida amalga oshiriladi.
Sohadagi yana bir yangilik - maktablar uchun homiylik mablagʻlarini -yigʻishlari uchun shaffof tizim Mfond oʻz faoliyatini boshladi.
Statistik maʼlumotlarga koʻra, 2016 yildan 2018 yilga qadar maktab oʻquvchilari soni 4,2 mln.dan 5,8 mln. nafarga yetdi. 2019 yilda bu koʻrsatkich 6,2 mln.ga yetishi kutilmoqda. Shu bilan birga maktablar quvvati 4,8 mln. oʻquvchi darajasida saqlanib qolmoqda.
Taʼkidlash kerakki, 2016-2018 yillarda nodavlat taʼlim muassasalarining soni deyarli 4 baravar oshdi va 84 taga yetdi.
2016-2018 yillarda oʻquvchilarning taʼlim olishlari uchun sharoitlarni yanada yaxshilash maqsadida 65 ta yangi maktab qurildi va 15636 ta qoʻshimcha oʻquvchi oʻrni yaratildi.
Shuningdek, soʻnggi 3 yilda investitsiya va (Obod qishloq( ((Obod mahalla()davlat dasturlari asosida 1 691 ta taʼlim muassasasida 1.5 trln.soʻmdan ortiq mablagʻ yangi qurilish, kapital va mukammal taʼmirlash uchun sarflandi. 2018 yilda mazkur dasturlar asosida 24 ta maktab yangidan qurilib, foydalanishga topshirildi.
Oʻquvchilar sonini koʻpayishi hamda shart-sharoitlarning yaxshilanishi natijasida 43 ta maktab filiallari umumtaʼlim maktablariga aylantirildi (2016 yilda 1138 ta, 2017 yilda 1348 ta, 2018 yili 1299 ta filial mavjud edi).
Bundan tashqari, 2018 yilda mahalliy byudjet mablagʻlari hisobidan 1815 ta maktab joriy taʼmirdan chiqarildi va buning uchun 189 mlrd. soʻm sarflandi.
Taʼlim muassasalarining qurilish-taʼmirlash ishlarining ochiqligi va shaffofligini taʼminlash hamda jamoatchilik nazoratini oʻrnatish maqsadida vazirlik saytida onlayn monitoring tizimi (stat.uzedu.uz) ishga tushirildi. Natijada maktablar har yilgidan vaqtliroq va sifatliroq foydalanishga topshirildi.
Umumiy oʻrta taʼlimning Davlat taʼlim standartlari va oʻquv dasturlari 2017-2018 oʻquv yilidan boshlab bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish boshlandi. Jumladan:
1-bosqich: 2017-2018 oʻquv yilidan 1, 4, 6, 7, 10-sinflarda;
2-bosqich: 2018-2019 oʻquv yilidan 2, 3, 8, 9, 11-sinflarda;
3-bosqich: 2019-2020 oʻquv yilidan 5-sinflarda amalga oshirildi.
Yana bir muhim yangiliklardan biri, 2021 yilda oʻquvchilar bilimini xalqaro standartlar asosida baholash, yaʼni PISA tizimiga oʻtishga tayyorgarlik koʻrilmoqda.
11 yillik majburiy taʼlim tizimiga oʻtilishi munosabati bilan xalqaro tajribani oʻrgangan holda 2017 yili 10-11-sinflar uchun yangi oʻquv rejasi ishlab chiqildi va unda oʻquv fanlari 23 tadan 12 taga optimallashtirildi.
2017 yilda 10-sinflar uchun 140 nomdagi jami 9,0 mln. nusxada, 2018 yilda 11-sinflar uchun 137 nomdagi jami 9,7 mln. nusxada darsliklar chop etildi.
2017-2018 oʻquv yilidan boshlab 11 yillik majburiy umumiy oʻrta taʼlim tizimiga oʻtildi. Hozirda umumtaʼlim maktablarida 736 185 nafar oʻquvchilar 10-11-sinflarda taʼlim olmoqda.
Shuningdek, 11 yillik majburiy taʼlim tizimiga oʻtilishi munosabati bilan oʻquvchilarni kasb-hunarga oʻrgatish tizimining yangicha mexanizmi joriy etildi. 2018/2019 oʻquv yilida 10-11-sinf oʻquvchilari kasb-hunar kollejlari bazasida 1 748 ta oʻquv-ishlab chiqarish majmualarida 737 642 nafar (ulardan 1457 nafari nodavlat taʼlim muassasalari oʻquvchilari) oʻquvchiga 51 ta kasblar oʻrgatilmoqda (2017 yili 279 124 nafar oʻquvchiga 1488 ta majmuada 40 ta kasb). Oʻquv-ishlab chiqarish majmualarida yangi kasblar, yaʼni AKT sohasida dasturlovchi, kompyuter dizayneri, komyuterlarni sozlash texnigi kabi mehnat bozorida ehtiyoj yuqori boʻlishi kutilayotgan hamda koʻp haq toʻlanadigan kasblar hisobiga kengaytirish choralari koʻrilmoqda. Majmualarda jami 10 833 nafar oʻqituvchilar kasb-hunar sirlaridan saboq bermoqda. Shundan, 8570 nafari oliy maʼlumotli oʻqituvchilar, 2263 nafari esa oʻrta-maxsus maʼlumotli ishlab-chiqarish taʼlimi ustalaridir.
Oʻquv-ishlab chiqarish majmualarida taʼlim jarayonini tashkil etish boʻyicha meʼyoriy-huquqiy baza yaratildi. Jumladan, kasblar boʻyicha malaka talablari hama Oʻquv-ishlab chiqarish majmualarida oʻquvchilarni baholash mezonlari va yakuniy attestatsiyadan oʻtkazish tartibi belgilandi. Oʻquv reja va dasturlar ishlab chiqilib, tasdiqlandi.
2018 yilda 333 ta taʼlim muassasalarini kasblar boʻyicha 489 ta sinflar toʻplami bilan jihozlandi. 2019 yildan boshlab, 635 ta maktablarda tashkil etilgan va minimum darajada jihozlangan oʻquv-ishlab chiqarish majmualariga mavjud kasblar boʻyicha 2,1 mlrd. soʻmlik xom-ashyo yetkazib berish koʻzda tutilmoqda.
Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan soha faoliyati shaffofligini oshirish, aniq maʼlumotlarni toʻplash, aholi bilan muloqot qilish va jamoatchilik nazoratini oʻrnatish uchun axborot texnologiyalari faol joriy etilmoqda. Jumladan, vazirlik ustozovozi.uzedu.uz, stat.uzedu.uz, eduportal.uz kabi resurslarni ishga tushirdi. Xalq taʼlimi tizimiga homiylik mablagʻlarini jalb etish maqsadida MFond jamgʻarmasi ochildi. Sohadagi maʼlumotlar ochiq-oshkora, shaffof tarzda qoʻyib borish uchun ijtimoiy tarmoqlari kanallarida (Ustoz ovozi( kanali ishga tushirildi.
Xalq taʼlimi vazirligi tizimida oʻquvchilar oʻrtasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini targʻib qilish uchun kitob.uz sayti yaratildi. Saytga jami 803 nomdagi, shundan, 655 nomda oʻzbek va 148 nomda jahon bolalar adabiyoti namoyondalari asarlarining elektron varianti joylashtirilgan. www.kitob.uz saytiga badiiy adabiyotlarning MRZ shaklidagi audio resurslari joylashtirilmoqda. Saytga oʻquvchilar mutolaasi uchun tavsiya qilingan 125 nomdagi adabiyotlar roʻyxati joylashtirilgan.
Vazirlik markaziy apparati tarkibida oʻqituvchilarning shaʼni va qadr-qimmatini himoyalash, ular huquqlarining buzilishiga, shuningdek davlat organlari va boshqa tashkilotlarning taʼlim muassasalari faoliyatiga asossiz aralashuviga yoʻl qoʻymaslik maqsadida Nazorat-huquqiy xizmati tashkil etildi.
Respublika maqsadli kitob jamgʻarmasi Moliya vazirligidan Xalq taʼlimi vazirligiga oʻtkazildi. Xalq taʼlimi sohasida loyiha hujjatlariga texnik topshiriqlarni ishlab chiqish va qurilish obyektlari sifatini nazorat qilish injiniring kompaniyasi hamda Xalq taʼlimi sohasidagi islohotlarga koʻmaklashish jamgʻarmasi tashkil etildi. 2019 yil 1 yanvardan xalq taʼlimini rivojlantirish jamgʻarmasi tashkil etilishi rejaga kiritildi.
Ahamiyatlisi, 2018 yil davomida Xalq taʼlimi vazirligida ilgʻor xorijiy tajribalarni oʻrganish uchun rivojlangan mamlakatlar hamda ularning davlat va xususiy tashkilotlari bilan uchrashuv hamda muzokaralar oʻtkazildi. Ular orasida Finlyandiya, Xitoy, Buyuk Britaniya, Germaniya, AQSH kabi mamlakatlari vakillari bor. Vazirlik vakillari Janubiy Koreya va AQSHga tashrif buyurdi va mahalliy tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatdi.
2018 yil davomida taʼlim sohasida keng koʻlamdagi ishlar amalga oshirilgan boʻlsa ham, kelgusida amalga oshiriladigan ishlar koʻp. Hozirda ishlar asosan muammolarni aniqlash va ularga yechim topish ustida olib borilayotgan boʻlsa, keyingi yillarda asosiy eʼtibor taʼlim sifatini, oʻquv dasturlarini va darsliklarni takomillashtirishga yoʻnaltiradi.
Shuningdek, 2019 yilda amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar belgilab olindi:
1. Umumiy oʻrta taʼlimda oʻquvchilarni mustaqil fikrlashga undaydigan Davlat taʼlim standartlari oʻquv dasturlari va oʻquv rejalari qaytadan koʻrib chiqilib, takomillashtiriladi.
2. Har bir hududda (birinchisi 2019 yilda Qoraqalpogʻistonda) iqtidorli oʻquvchilar uchun (Prezident maktablari( tashkil etiladi.
3. 2019 yildan boshlab, barcha sharoitlarga ega boʻlgan (Zamonaviy maktab( barpo etiladi.
4. Jamiyatda oʻqituvchilarning nufuzini yanada oshirish maqsadida (Oʻqituvchi maqomi toʻgʻrisida( Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni ishlab chiqiladi.
5. Taʼlim sifati yuqori boʻlgan namunali maktablar tarmogʻi ((setevaya shkola() kengaytiriladi.
6. Davlat xususiy sherikchilik asosida nodavlat taʼlim muassasalari 2 baravarga ortadi.